Maxfiylik siyosati
asldev.uz qanday ma'lumot yig'adi, nima uchun va uni qanday o'chirish mumkin.
Google orqali kirish
Blogda izoh yozish uchun Google orqali kirasiz. Bunda Google bizga faqat ismingiz, email manzilingiz, profil rasmingiz va Google akkauntingizning ichki identifikatorini beradi. Biz parolingizni ko'rmaymiz va Google akkauntingizga boshqa hech qanday ruxsat so'ramaymiz.
Bu ma'lumotdan qanday foydalanamiz
Ismingiz va rasmingiz izohingiz yonida ko'rinadi. Email manzilingiz ochiq ko'rsatilmaydi va faqat akkauntingizni tanish hamda kerak bo'lsa siz bilan bog'lanish uchun saqlanadi. Ma'lumotlar sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Izohlar
Yozgan izohlaringiz post sahifasida hammaga ko'rinadi. O'z izohingizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin. Qoidaga zid izohlar muallif tomonidan yashirilishi yoki o'chirilishi mumkin.
Cookie va brauzer xotirasi
Kirganingizni eslab qolish uchun sessiya cookie'si va so'rovlarni himoyalash uchun CSRF cookie'si ishlatiladi. Tanlagan mavzu (yorug'/tungi) va post ko'rilganini qayta sanamaslik uchun belgi brauzeringizda saqlanadi. Kuzatuv yoki reklama cookie'lari yo'q.
Statistika
Har bir post necha marta ko'rilgani umumiy son sifatida hisoblanadi. Bu son kim ko'rganini bildirmaydi.
Saqlash va o'chirish
Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda saqlanadi. Akkauntingiz va izohlaringizni butunlay o'chirishni xohlasangiz, quyidagi email'ga yozing, 30 kun ichida o'chiriladi.
Aloqa
Savollar va o'chirish so'rovlari uchun: hello@asldev.uz